Quyoshda bir sutka ichida ikkita kuchli portlash qayd etildi
Illyustrativ foto
Soʻnggi 24 soat ichida Quyoshda ikkinchi marta eng yuqori — X sinfli yorugʻlik yorilishi kuzatildi. “Astrovertы” ilmiy sayohatlar klubi xabariga koʻra, X1.2 kuchi bilan sodir boʻlgan portlash Quyosh diskining chetki qismida roʻy bergan.
Olimlarning taʼkidlashicha, portlash sodir boʻlgan hudud Yer tomon yoʻnalmagani uchun koronal massa chiqishi (yaʼni Quyosh plazmasi chiqib ketishi) Yerga taʼsir koʻrsatmaydi. Shu bilan birga, mazkur yorilish №4274 guruhidan tashqaridagi boshqa faol hududda qayd etilgan boʻlib, u taxminan bir hafta ichida Quyosh diskining markaziga chiqishi kutilmoqda.
Laboratoriya maʼlumotlarida keltirilishicha, avvalgi X1.1 darajali yorilish 5-noyabr, chorshanba kiniga oʻtar kechasi soat 01:01 (msk) da kuzatilgan. Shuningdek, tongda Quyoshda uchta oddiy “S” sinfli yorilish ham qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, seshanba kuni kechqurun Quyoshda soʻnggi besh oy ichida ilk marta X sinfli yorilish sodir boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring