Quvayt magʻlub etilsa, Oʻzbekiston terma jamoasi necha ochko qoʻlga kiritadi? Urugvayni magʻlub etsa-chi?
Foto: O‘FA
9 va 14-oktyabr kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidan oʻrin olgan oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazadi. Ushbu oʻyinlarda “oq boʻrilar”ga Quvayt va Urugvay terma jamoalari raqiblik qiladi.
Xoʻsh, ushbu oʻyinlarda Fabio Kannavaro shogirdlari gʻalaba qozongan taqdirda, FIFA reytingi uchun necha ochko jamgʻaradi?
Quvayt terma jamoasi FIFA reytingida 135-oʻrinda turgani uchun, ushbu oʻyinda gʻalaba qoʻlga kiritilsa — 2,05 ball qoʻlga kiritiladi. Durang natija “oq boʻrilar” hisobidan 2,95 ball ayrilishiga, magʻlubiyat esa 7,95 ball yoʻqotilishiga sabab boʻladi.
Urugvay terma jamoasi esa FIFA reytingida 15-oʻrinni egallab turibdi. Shu sababli, ushbu jamoa magʻlub etilgan taqdirda — FIFA reytingi uchun 7 ochko qoʻlga kiritiladi. Durang natija ham “oq boʻrilar”ga 2 ochko olib keladi. Magʻlubiyatga uchragan taqdirda esa Oʻzbekiston terma jamoasidan 3 ochko ayirib tashlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring