Quruvchi-injenerlar kerakmasmi?
Bugun Boʻstonliq tumanidagi «Avenyu park» dam olish maskanida “Oʻzbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Toshkent shahri, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari OAV xodimlari uchun ikki kunlik seminar oʻz ishini boshladi.
Har bir tashkilotda noqonuniy qarorlarning oldini olish uchun yurist lavozimini joriy etilgani kabi, qurilish tashkilotlarida injener boʻlishi kerak va shart. Seminarda “nima uchun?” degan savolga javob izlandi.
Hammamiz qayerdadir yashaymiz. Kimdir individual qurilgan uylarda, kimdir katta shaharlarda, koʻp qavatli uylarda. Qish keldi deguncha barchaga uyni isitish qaygʻusi tushadi. Individual qurilgan uylarni turli uslubda isitish mumkin, ammo, koʻp qavatli uylarni isitish isitish tizimi orqali amalga oshiriladi. Gap ana shu isitish tizimi haqida ham emas, uylarda energo tejamkorlikni qanday amalga oshirish mumkin, shu haqda.
1-hikoya. Poytaxtda,koʻp qavatli uylarda turaman. Uy beton konstruksiyali, hamma tomoni betondan, devor, shift, pol. Sal sovuq boshlansa,uyni isitish muammo. Batareyalar issiq, tegsa qoʻl kuyadi, ammo, uy isimaydi. Sababi oddiy – tom tagida issiqlikni tutuvchi, pol usti –linoleum tagida izolyatsiya qiluvchi material qoʻyilmagan.
Oqibat: sal sovuq tushdimi – kattayu-kichiklarning oyogʻi ogʻriydi, tinimsiz tumov-puchqoqqa chalinadi. Uyga kelayotgan mablagʻning yarmi dorixonalarda sarf boʻladi.
Uyni isitish uchun gaz plitaning duxovkasini yoqib qoʻyish — fojiaga olib kelishi tayin. Bunga misol – poytaxt tumanlaridan birida 5 nafar talabaning oʻlimi. Sababi - uyni isitishga urinish.
2-hikoya. Qishloqda istiqomat qilaman. Sovuq tushdi deguncha, gazchilar eshikni taqillatib keladi. Qarzlaring bor, toʻla, deb. Oʻtgan qishda yoqqan gaz uchun oldindan toʻlov qilingan. Bu yil yozda gaz boʻlmadi. Ammo, gaz uchun qarzmi qarzmasmi toʻlov qilish kerak. Uyni issiq ushlab turish yana bir muammo. Uyda qariyalarimiz bor, goʻdaklar bor...
Oqibat: tomorqayu dala chetidagi daraxtlar yo butunlay kesiladi, yoki kallaklab olinadi. Sifatsiz koʻmir yoqib,har yili butun-butun oilalar nobud boʻlayotgani ham hech kimga sir emas.
Shu oʻrinda BMTning taraqqiyot dasturi hamda Qurilish vazirligi tomonidan hududlarda OAV xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlarda prezentatsiya qilinayotgan energiya tejamkor uy-joylari ayni muddao.
— 2017-yilda qurib, topshirilgan 800 ta bir qavatli va 2020–22 yillarda qurib topshirilgan 22 ta koʻp qavatli energiya tejamkor uylar aholi tomonidan iliq kutib olindi, aytish joizki, maqsadga erishildi. Mazkur uylar qurilishi Qurilish vazirligi hamda BMTning Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilgan boʻlib, bu loyiha Energiya audit tekshiruvlaridan oʻtkazilib, energotejamkorlik darajasi belgilangan. Uylar qurilish narxi hozirgi kunda fuqarolar tomonidan qurilayotgan uylar bilan deyarli bir xil, chunki issiqlik izolyatsiyasi mahsulotlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari davlat va BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan begʻaraz moliyalashtiriladi, — deydi»SKB” energetik kompaniyasi MCHJ masʼul xodimi Sarvar Qurbonov.
Endi har bir qurilish firma yoki tashkilotida nima uchun quruvchi-injener lavozimi boʻlishi, ushbu lavozim egasi Qurilish vazirligidan litsenziya olishi shartligiga kelsak: Tashkilotlarda yurist rahbar tomonidan noqonuniy qaror qabul qilinishining oldini olgani kabi, quruvchi injener binoning sifatsiz qurilishining, uning nazorati ostida energiya tejamkor mahsulotlarining oʻz oʻrnida ishlatilishi, ham energiyani tejaydi, ham fojialarning oldini oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring