Qur’oni karim qo‘lyozmalarining xronologik tadriji yaratiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’oni karim qo‘lyozmalarini xronologik tadrijini yaratish masalasi muhokama etildi.
Markaz katta ilmiy xodimi Abdulaziz Mansur va Islom dini merosini saqlash bo‘limi boshlig‘i Mirzo Kenjabek xorij fondlarida saqlanayotgan Qur’oni karim qo‘lyozmalarini davrlashtirish haqida fikr bildirishdi. Ular har bir qo‘lyozmaning tarixiy ahamiyati, xattotlik namunalari va qog‘oz turlari davrga bog‘liq ravishda farq qilishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, muhokama doirasida 91 ta Qur’on qo‘lyozmasi ko‘rib chiqildi. Keyingi bosqichda yana 180 ta qo‘lyozma o‘rganilishi va asl nusxalarga tayangan holda davriy aniqlikka erishish mumkinligi qayd etildi.
Qur’onlarning qaysi hukmdorlar davrida yozilgani va saqlash tartibi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, markaz tomonidan xorijdan maxsus Qur’on qo‘lyozmalarining asli yoki faksimileni olib kelish ishlari davom etmoqda. Xronologik tartiblangan Qur’oni karim qo‘lyozmalari Markazning Qur’oni karim zali ekspozitsiyasidan joy egallaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring