Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlarga birinchi yilda ish joyini almashtirish taqiqlanishi mumkin

10:30 27 Yanvar 2026 Dunyo
85 0

Rossiya Davlat dumasiga qonun loyihasi kiritildi. Unga koʻra, viza talab etilmaydigan tartibda patent asosida Rossiyaga kelgan migrantlar kamida bir yil davomida bitta ish beruvchida ishlashi shart boʻladi. Ularga mazkur muddat ichida ish joyini almashtirish yoki qoʻshimcha ish (oʻrindoshlik) bilan shugʻullanish huquqi berilmaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Tegishli hujjat orqali “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasiga muvofiq, agar migrant mehnat shartnomasini 12 oy tugashidan oldin bekor qilsa va mamlakatda qolish uchun qonuniy asoslarga ega boʻlmasa, uning patenti bekor qilinadi hamda ishchi Rossiya hududini tark etishiga majbur boʻladi.

Agar shartnoma uzrli sabablarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, migrantga yangi mehnat shartnomasini topish uchun 30 kunlik muddat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?