Qurbon hayiti kuni jamoat transporti soat nechadan harakatni boshlaydi?

2025-yil 6-iyun kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston boʻylab barcha hududlarda jamoat transport vositalari odatdagidan erta harakatni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Ushbu chora fuqarolarning hayit namoziga oʻz vaqtida yetib borishini taʼminlash, jamoat transporti xizmatlaridan samarali foydalanish hamda yoʻllarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Hududlar boʻyicha qatnovlarning boshlanish vaqti quyidagicha belgilangan: Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Andijonda transport 03:00 dan harakatni boshlaydi. Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa 04:00 dan qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, Surxondaryoda jamoat transporti 04:25 da, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa 04:30 dan harakatlana boshlaydi. Transport vositalari barcha belgilangan marshrutlar boʻyicha odatdagi tartibda, ammo ertaroq jadval asosida ishlaydi.
Transport vazirligi aholiga oʻz vaqtida jamoat transportidan foydalanib, bayram tadbirlariga oson va xavfsiz yetib borish imkonini yaratish maqsadida ushbu jadvalga amal qilishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring