Qozogʻistonga olib chiqib ketilayotgan tarixiy gilam toʻxtatib qolindi
Foto: Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi
Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga koʻra, ushbu gilam badiiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy boylik sifatida baholangan.
“Keles” temir yoʻl chegara bojxona postida madaniy boylikni olib chiqishga boʻlgan urinishga chek qoʻyildi. Bu haqda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent–Almata” xalqaro yoʻlovchi poyezdi orqali chet davlatga chiqib ketayotgan yoʻlovchining yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, ularning orasida 1 dona gilam borligi aniqlangan. Shundan soʻng vaqtincha saqlovga olingan hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida badiiy ekspertiza tayinlangan.

Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga koʻra, ushbu gilam badiiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy boylik sifatida baholanib, Oʻzbekiston hududidan olib chiqilishi mumkin emasligi maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, taxminiy qiymati 5 million soʻmlik mazkur gilam sudning qonuniy qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring