Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari 2 barobar oshiriladi
Transport xizmatlarining yarmi avtotransportga toʻgʻri keladi. Bu yil 1,5 mingga yaqin avtobus olib kelingan boʻlsada, oʻsish 5,5 foizdan oshmagan.
Transport vazirligiga yana kamida 1 ming 200 ta avtobus sotib olib, yoʻnalishlarga chiqarish topshirildi. Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari 2 barobar oshiriladi.
Aviaxizmatlar bozorida ham raqobat paydo boʻldi, 6 ta xususiy kompaniya ish boshladi. Yil boshidan 25 ta yangi samolyot olib kelindi, 17 ta yoʻnalish ochildi.
Shunga qaramasdan, sohadagi xizmatlar hajmi 7,7 foiz oʻsgan, xolos. Transport vazirligi oldiga kelgusi yilda aviatashuvlar hajmini 20 foizga oshirish vazifasi qoʻyildi.
Buning uchun Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bogʻlovchi har kuni kamida 2 tadan reys qoʻyiladi, viloyat markazlarini oʻzaro bogʻlovchi haftasiga kamida 1 tadan reys amalga oshiriladi, kamida 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yoʻnalish ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring