Qozogʻiston Prezidenti “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Koʻksaroy qarorgohida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining ikki qardosh xalq oʻrtasida doʻstlik, yaqin qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi ulkan shaxsiy xizmatlarini alohida qayd etdi.
Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli ikki xalq oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi taraqqiyot darajasiga chiqib, namunali ahamiyat kasb etgani taʼkidlandi. Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, biznes, jamoatchilik va yoshlar faol hamkorlik qilmoqda. Madaniy va gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.
Savdo aylanmasi barqaror oʻsib bormoqda. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va transport sohalarida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Qasim-Jomart Toqayevning global miqyosda tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash, shuningdek, mintaqamizda ishonch, oʻzaro hamjihatlik va sheriklik muhitini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.
Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbari va Oʻzbekiston xalqiga bunday yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirdi hamda qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va ittifoqchilik ruhidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring