Qozogʻiston milliy kiyimlardagi odamlar soni boʻyicha Ginnes rekordini oʻrnatdi
22-mart kuni, Navroʻz bayrami munosabati bilan Qozogʻistonning Oqtov shahrida milliy kiyimdagi 5 ming kishi bir joyga yigʻildi va “Qozoq milliy kiyimidagi eng koʻp odam” nominatsiyasi boʻyicha Ginnesning yangi rekordini oʻrnatdi.
“Best Fest Nauryz” tadbiri turli kasb va elat vakillari, keksa avlod hamda chekka qishloqlar aholisidan iborat 5 ming 500 dan ortiq ishtirokchini jamladi.
Rekord oʻrnatish marosimi Kaspiy dengizi sohilida boʻlib oʻtgan va ishtirokchilarni sanash uchun bir necha soat vaqt sarflangan. Jarayonni Buyuk Britaniya Ginnes rekordlari kitobining rasmiy vakillari kuzatib borishgan hamda sanoq soʻngida yangi jahon rekordi tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring