Qoʻshimcha davlat granti va oliy taʼlim tashkiloti granti natijalari qachon eʼlon qilinadi?

16:21 27 Avgust 2025 Jamiyat
147 0

Qoʻshimcha davlat granti va oliy taʼlim tashkiloti granti natijalari qachon eʼlon qilinishi aytildi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirib, muayyan oʻquv yili boʻyicha GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori boʻlgan talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun qoʻshimcha davlat granti taqdim etiladi.

Belgilangan nizomga koʻra, talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi. Maxsus komissiya tomonidan talabgorlarning maʼlumotlari koʻrib chiqilgach, qoʻshimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentyabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, hukumat qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotida GPA koʻrsatkichi 3,3 dan 4 gacha boʻlgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilishi belgilangan.

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari har yili oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda oliy taʼlim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA koʻrsatkichi:

  • 3.3- 3,39 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 20 foizi;
  • 3.4- 3,49 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi;
  • 3.5- 3,59 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 40 foizi;
  • 3.6- 3,69 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi;
  • 3.7- 3,79 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 60 foizi;
  • 3.8- 3,89 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 70 foizi;
  • 3.9- 3,99 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy taʼlim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi. Natijalar esa har yili 5-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер