Qoʻriqlash faoliyati sohasida yagona davlat siyosati yuritiladi — Qonun loyihasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar dastlab “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib oʻqishmoqda.
Qayd etilganidek, bugungi kunda qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi amaldagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilmagan, qoʻriqlash faoliyatining asosiy prinsiplari qonun hujjatlarida belgilanmagan, obyektni, mulkni va shaxsni qoʻriqlayotgan xodimlar tomonidan davlat majburlov choralarini koʻrish, kadrlarni tanlash, tayyorlash va xodimlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalari qonun darajasidagi hujjat bilan tartibga solinmagan. Bu, oʻz navbatida, qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi.
Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun lohasida qoʻriqlash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, qoʻriqlash faoliyati turlari, uni amalga oshiruvchi subyektlarning huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan qoʻriqlash faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishning qonuniy asoslari yaratiladi, qoʻriqlash faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va subyektlarining huquqiy maqomi belgilanadi, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy daxlsizligini taʼminlash boʻyicha huquqiy mexanizm shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring