Qoraqalpog‘istonlik olimning shogirdi AQSHda multimillioner bo‘ldi

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi, akademik Nag‘met Ayimbetovning shogirdi Qanat Bektemirov Amerika Qo‘shma Shtatlarida multimillionerga aylandi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qanat Bektemirov yaratgan korxonalar pul yo‘qotishining oldini oluvchi va yetkazib berishni avtomatlashtiruvchi — “Supplypike” dasturiy ta’minoti o‘tgan yilning avgust oyida AQSHdagi “SPS Commerce” kompaniyasi tomonidan 206 mln.dollarga sotib olingan.
Ma’lumot uchun: Qanat Bektemirovning otasi Quatbay Bektemirov ham 2008-yili professor N.Ayimbetovning ilmiy rahbarligida “Hududning ekologik va global jihatdan rivojlanishini ta’minlash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli yakunlab, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan edi.
Odinabonu BEGMAHMATOVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring