Qoraqalpogʻistonda isteʼmolga yaroqsiz alkogol sotayotgan shaxslar aniqlandi. Ularga Jinoyat kodeksining qaysi moddasi qoʻllanadi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qoraqalpogʻiston Respublikasida isteʼmolga yaroqsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazgan.
Ushbu tadbirlarda Qoʻngʻirot, Shumanay, Taxiatosh va Amudaryo tumanlaridagi 4 ta savdo doʻkoni va 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasida savdoga qoʻyilgan turli nomdagi jami 806 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Toʻrtkoʻl, Taxtakoʻpir va Xoʻjayli tumanlarida qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Д.Н., Н.А., С.Я. va Р.М.дан qoʻlbola usulda tayyorlangan jami 706 dona turli hajmdagi «Karataw» nomli alkogol hamda 12 turdagi 2 ming 324 quti tamaki mahsulotlari hujjatlashtirilgan.
«Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring