Qorakoʻlchilik mahsulotlari yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar beriladi

19:43 16 May 2022 Iqtisodiyot
1482 0

Qorakoʻlchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha kredit berishning quyidagi tartibi belgilangan:

— kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha ajratiladi.

Kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:

— tadbirkorlarga xorijdan goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi qoʻy va echkilar xarid qilish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

— tadbirkorlarga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, goʻsht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

— xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burgʻilash yoki mukammal taʼmirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер