“Qora kanal”da zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda

Baliqchi tumanidagi Oqqoʻrgʻon hamda Markaz mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Qora kanal” boʻylab katta hajmli obodonlashtirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida 1200 metr masofada irrigatsiya tizimi yaxshilanib, ikki qirgʻoqda aholi madaniy dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Zamonaviy piyodalar yoʻlagi, dam olish maydonchalari, tungi yoritish chiroqlari, oʻrindiqlar, suv boʻyida kichik kafelar va kutubxonalar, qayiqlarda suzish imkoniyatlari, koʻpriklar hamda xavfsizlik toʻsiqlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
— Mazkur loyiha tuman aholisi uchun katta yangilik boʻladi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarbek Karimov. — Kanalning ikki qirgʻogʻidagi 8 metr himoya mintaqasida amalga oshiriladigan qurilish ishlari orqali nafaqat irrigatsiya tizimi mustahkamlanadi, balki oila va bolalar uchun zamonaviy dam olish maydonchalari tashkil etiladi. Shuningdek, suv boʻyida kichik savdo shoxobchalari va xizmat koʻrsatish nuqtalari faoliyat boshlaydi.
Loyihani amalga oshirish natijasida 135 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Shu bilan birga, 20 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 14 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bu esa aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy imkoniyatlarni kengaytirib, yoshlarning samarali dam olishini taʼminlaydi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring