Qor sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin — “Toshshahartransxizmat”

11:42 22 Yanvar 2026 Jamiyat
213 0

“Toshshahartransxizmat” AJ Toshkentda qor sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining koʻcha-yoʻllarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga keladi. Shu sababli, ayrim avtobus yoʻnalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

“Ayni paytda poytaxtimizda ob-havoning keskin oʻzgargani, qor yogʻishi kuzatilayotganligi sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat boʻlmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga moʻljallangan shinalarga ega boʻlmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlarini, piyodalardan yoʻlni kesib oʻtishda oʻta hushyor boʻlishlarini va tirbandliklarni oldini olish maqsadida jamoat transportlaridan foydalanishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?