Qoʻqonda janjal koʻtargan doʻkon ishchilariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida janjal koʻtargan ikkita doʻkon ishchilariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 5-avgust kuni Qoʻqon shahar Turon koʻchasida joylashgan ikki savdo doʻkoni ishchilari oʻrtasida oʻzaro gap talashish janjalga aylanib, bir-birlariga tan jarohati yetkazishgan. Janjalga boshqa ishchilar ham aralashgan.
7-avgust kuni mazkur nizo davomida yana bir fuqaro doʻkon oldida baqir-chaqir qilib, soʻkinish va gaz ballonchik ishlatish orqali janjal chiqargan. Shu paytda otilgan tosh doʻkon sotuvchisiga tegib, unga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat ishtirokchilari qonun doirasida ushlangan.
Avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida mast fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlari bilan janjallashgani toʻgʻrisida xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring