“Qoʻqon texnoparki”da biofarmatsevtika zavodi bunyod etiladi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahar hokimligida AQSHning “Biologic International” kompaniyasi mutasaddilari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahar hokimligi masʼullari ishtirokida “Qoʻqon texnoparki” hududida biofarmatsevtika zavodini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
— Istiqbolli loyiha doirasida 50 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritish rejalashtirilgan, — deydi Qoʻqon shahar hokimi oʻrinbosari Otabek Qurbonov. — Bu borada ishlab chiqilgan biznes-rejaga koʻra, yangi zavod “Qoʻqon texnoparki”ning 17 gektar maydonida barpo etiladi.
Bugungi muloqot chogʻida okean orti mamlakatidan tashrif buyurgan investorlar ishtirokida loyiha ijrosiga kirishish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar, xususan, bunyod etilayotgan korxona hududiga kerakli kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha amaliy yordam masalasi kelishib olindi.
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining 2024-yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida Qoʻqon shahrida maxsus sanoat zonasi – “Qoʻqon texnoparki”ni tashkil etish topshirigʻi berilgan edi.
Ayni paytda ushbu texnoparkka 230 gektar yer ajratilib, dastlabki bosqichda 1,5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish hamda 5 mingta yangi ish oʻrni yaratish boʻyicha amaliy ishlarga kirishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring