Qonun normalarining aniq va bir xil qoʻllanilishi taʼminlanadi
Oʻzbekistonda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida yangi qonun qabul qilindi. “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun rasman tasdiqlandi.
Ushbu qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti jinoyat ishlari boʻyicha tergov yuritish vakolatlariga aniqlik kiritiladi. Bu esa iqtisodiy huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Byudjet kodeksiga ham qator oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati organlari vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi zimmasiga yuklatildi. Bu chora-tadbirlar moliyaviy nazoratni kuchaytirish va davlat mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni taʼminlashga qaratilgan.
Yangi qabul qilingan qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu qonun islohotlari iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va qonun normalarining aniq va bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring