Qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun qancha pul toʻlanadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxta terimi uchun 1 kilogrammiga 1 ming 800 soʻm toʻlanadi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, tarmoqlarda tarqalgan “1 kg – 1 800 soʻm” haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.
Vazirlik bergan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda paxta terimi narxlari quyidagicha belgilangan:
- • Mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun – 1 ming 373 soʻm;
- • Qoʻl mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg uchun – 2 ming soʻm tavsiyaviy narx belgilangan boʻlib, terim vaqtida klaster, fermer xoʻjaligi rahbarlari va terimchilar oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qoʻllaniladi;
- • Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 ming soʻm subsidiya ajratiladi.
“Paxta terimi narxlari jamoatchilikka faqat rasmiy manbalar orqali yetkaziladi. Turli taxminlar va tekshirilmagan xabarlar jamiyatni chalgʻitishi bilan birga, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlardan axborot tarqatishda xolislikka amal qilish, jamoatchilikni chalgʻituvchi notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmaslik soʻraladi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring