Qoʻyliqdagi ovqat bozori yopildi

15:18 31 Iyul 2024 Jamiyat
352 0

Foto: Videodan kadr

Qoʻyliqdagi “ovqat bozori”ning ish faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman boʻlimi, Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin boʻlimi va tuman IIB birgalikda Qoʻyliq dehqon bozorida reyd oʻtkazgan.

Reyd tadbiri davomida, bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitarita qoidalari qoʻpol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targʻibot ishlari oʻtkazilishiga qaramasdan obyektda holat oʻzgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori” ning ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

Maʼlum qilinishicha, obyektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi toʻgʻrisida xulosa berilmagunga qadar “ovqat bozori” ish faoliyatini davom ettirmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?