Qizil kitobga kiritilgan 700 dan ortiq hayvon shoxlarini olib ketayotgan shaxslar qoʻlga olindi
Toshkent viloyati “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Koʻrik natijasida avtoulovning yuk xonasida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 600 dona hayvon shoxlari borligi aniqlandi.
Boshqa bir holatda, ushbu chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, 2 dona qopda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan hamda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 117 dona shoxlar borligi fosh etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga koʻra aniqlangan shoxlar bugʻu turiga mansubligi maʼlum boʻldi. Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan moʻmay daromad orttirishni koʻzlagan baʼzi shaxslar jonzotlarga zarar yetkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.
Taʼkidlash joiz, bugʻular Yevroosiyoning mamlakatlarida uchraydi va ular Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi roʻyxatiga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring