Qidiruvda boʻlgan 12 nafar oʻzbekistonlik BAAdan Oʻzbekistonga qaytarildi

Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, arab hamkasblari bilan oʻtkazilgan virtual uchrashuvda jinoyatchilarni aniqlash va topshirish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini faollashtirish va oʻtkazishda ikki tomonlama yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilingan.
Shundan soʻng, turli jinoyatlar sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan uch nafar shaxsni topshirish tasdigʻi olingan va keyingi harakatlarni belgilash uchun kuzatuv guruhi BAAga kelganda uchrashish taklif etilgan.
Uchrashuvning birinchi qismida arab va oʻzbek tomonlari oʻzaro hamkorlikda qidiruvdagi shaxslar hamda gumonlanuvchilar roʻyxatini almashgan.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari qidiruvda boʻlgan 12 nafar jinoyatchini Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishgan.
“Bu jinoyatchilar mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring