Qashqadaryoda qoʻlbola “aroq ustasi” qoʻlga tushdi
Shahrisabz shahrida yashirin ravishda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini tayyorlab kelgan fuqaro qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. “Qushxona” MFY hududidagi xonadonida qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlab kelganligi aniqlanib, undan 1 717 dona qoʻlbola alkogol mahsulotlari, 25 litr etil spirti, 240 dona boʻsh shisha idishlar, 3 600 dona yelim qopqoqlar, 3 100 dona qopqoq qadoqlari va 6 400 dona qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida 3 ming qutidan ortiq aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring