Qashqadaryoda milliy liboslar chellenji ommalashmoqda
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Dildora Hamidova Qarshi shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan birining talabasi. Viloyat boʻylab keng yoyilayotgan “Milliy liboslar – millat gʻururi” chellenji doirasida u ham oʻqishga milliy kiyimda keldi.
— Oʻylab koʻrsam, milliy libosni faqat oilaviy tadbirlardagina kiygan ekanman, — deydi Dildora. — Oʻtkazilayotgan chellenj doirasida bugun ilk bor institutga milliy kiyimda keldim. Koʻplab dugonalarim ham shunday kiyinishgan ekan. Bu menga juda manzur boʻldi. Milliy liboslar endi nafaqat maxsus tadbirlardagina kiyadigan, balki doimiy kiyimlarimdan biriga aylanadi.

— Liboslar har bir xalq tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, ularda shu yurt odamlarining didi, goʻzallik va nafosatga boʻlgan intilishi yaqqol namoyon boʻladi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari, senator Komila Karamova. — Necha ming yilliklar davomida shakllangan milliy liboslarimizda ham xalqimizning milliy qadriyatlari, sharqona madaniyati, maʼnaviy tafakkuri mujassam. Shu maʼnoda aytganda, bugun milliy liboslarimiz targʻibotiga qaratilayotgan eʼtibor ayniqsa, yoshlarimizda tariximiz, milliy qadriyatlarimizdan faxr va iftixor hissini uygʻotish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitishda muhim omil boʻlmoqda.
Viloyat boʻylab oʻtkazilayotgan “Milliy liboslar – millat gʻururi” chellenjida turli darajadagi rahbarlar, turli kasb sohiblari ham faol ishtirok etib, milliy liboslarimizni targʻib qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring