Qashqadaryoda “Eng namunali xotin-qizlar faoli” aniqlandi

Qarshi shahrida “Eng namunali xotin-qizlar faoli” respublika tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning shahar, tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 16 nafar ishtirokchi bu gal viloyat bosqichi gʻolibligi uchun oʻzaro kuch sinashdi.
— Tanlovda mahalladagi xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligini taʼminlash, ajrimlar va ayollar oʻrtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish va shu kabi umumiy 9 ta yoʻnalishda olib borayotgan ishlarimizni taqdim etdik, — deydi Gʻuzor tumanidagi “Dashtobod” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Dilbar Nazarova. — Shu asnoda bir-birimizning olib borayotgan ishlarimiz bilan tanishdik, oʻzaro fikr, tajriba almashdik.
Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Yakuniy natijalarga koʻra, Mirishkor tumanidagi “Vori” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Soniya Umarova 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring