Qashqadaryoda “Cobalt” yoʻl chetida ketayotgan piyodani urib ketdi

Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangan “Cobalt” yoʻl chetida ketayotgan piyodani urib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 14-oktyabr kuni soat 12:00 larda Kitob tumani Narimon MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatidagi 70V004 (4K273) “Kitob-Palandaraq-Narimon q.” avtomobil yoʻlining 21 kilometrida yuz bergan.
“Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi mashinasini Narimon-Kitob yoʻnalishida boshqarib ketayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan avtomobilni quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻlga chiqib rul boshqaruvini yoʻqotgan va piyodani urib yuborib YTH sodir etgan. Oqibatda piyoda tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Bildirilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring