Qashqadaryoda 953,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

15:03 23 Noyabr 2025 Jamiyat
373 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Qashqadaryo viloyatida 953,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Koʻkdala tumanida yakka tartibdagi tadbirkor Q.S. ga tegishli elektr qurilmalari hisoblagichning ulanish sxemasini oʻzgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik tufayli elektr taʼminoti korxonasiga 953,8 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер