Qashqadaryo viloyatining ishga solinmagan eng katta zaxirasi, bu – uning sugʻoriladigan, yaylov va oʻrmon yerlari – Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishda hududning ishga solinmagan eng katta zaxirasi, bu – uning sugʻoriladigan, yaylov va oʻrmon yerlari ekanini taʼkidladi.
Misol uchun, Qashqadaryodagi sugʻoriladigan qishloq yerlari 515 ming gektarni, tomorqa va bogʻdorchilik yerlari 45 ming gektarni tashkil qilib, respublikada birinchi oʻrinda. Yoki, viloyatda 1,3 million gektar yaylov va oʻrmon yerlari mavjud. Buncha yer bilan butun respublikaning goʻshtga ehtiyojini bemalol qoplasa boʻladi.
Oʻtgan yili viloyat qishloq xoʻjaligida 43 trillion soʻmlik mahsulot yaratildi.
“Agar ilm bilan resurs va salohiyat toʻliq ishga solinsa, koʻchati, urugʻi, ekin ekishga yangi agrotexnologiyalar joriy qilinsa, suv va energiya tejamkor texnologiyalar keng qoʻllanilsa, bu raqamni besh yilda bemalol 100 trillion soʻmga olib chiqish mumkin”, dedi Prezident.
Viloyatdagi 1,3 million gektar yaylov va oʻrmonlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalar jalb qilib, yerlarni aylanmaga kiritish va loyiha qilish uchun alohida kompaniya tashkil qilinib, unga aksiyadorlik jamiyati maqomi beriladi.
Unga dastlabki bosqichda 100 million dollar beriladi. Kompaniyaning oʻzi ham 500 million dollar investitsiya olib keladi. Bu mablagʻlar hisobiga kompaniya ikki yilda viloyatdagi kamida 200 ming gektar yaylov va oʻrmon yerlariga suv chiqarib, lazerli tekislab, suv tejovchi texnologiyalar joriy qiladi.
Mirakida 520 gektar qir-adirda yangi terrasa usulida tashkil qilingan, 4-5 oyda meva beradigan uzum, gilos va olma bogʻlari kompaniyaga metodik baza boʻladi.
Yigʻilishda shuningdek, Qashqadaryoda chorvachilikni kompleks rivojlantirish dasturi boshlanishi maʻlum qilindi.
Chorvachilik uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan 12 oygacha 14 foizli kreditlar ajratiladi. Bu orqali viloyatdagi 127 ta chorvador toʻliq quvvatga chiqadi.
Yeri ham, fermasi ham mavjud boʻlgan 630 ta chorvadorga mol sonini 12 ming boshga koʻpaytirishi uchun arzon resurslar ajratiladi.
Mutasaddilarga xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 150 million dollar hisobidan ushbu loyihalarni moliyalashtirishni boshlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring