Qarz qiyomatda qolmasin
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyat musiqali drama teatrida “Qiyomat qarz” spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi. Taniqli yozuvchi Oʻlmas Umarbekov qalamiga mansub ushbu asar rejissyor Boʻron Akobirov tomonidan sahnalashtirildi.
— “Qiyomat qarz” koʻpchilikka yaxshi tanish , — deydi teatrning adabiy boʻlimi mudiri Mohigul Nazarova. — Keksa avlod vakillari undagi Sulaymon ota rolini Oʻzbekiston xalq artisti Shukur Burhonov talqinida koʻrishgan. Juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bu drama mana, necha oʻn yildirki, halollik, odamiylik, bedor vijdon tarannumi sifatida qadrlanib kelmoqda. Uning bugungi yoshlar tarbiyasida alohida oʻrni bor.
Darhaqiqat, “Qiyomat qarz”da birovning haqiga xiyonat etmaslik, oʻzgalar oʻy-tashvishini xuddi oʻzinikidek qabul qilish, vijdonli boʻlish kabi insoniy fazilatlar ulugʻlangan. Premyeradan oldin teatr direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Y. Genjayev, rejissyor B. Akobirov soʻz olib, asarning mana shu jihatlariga eʼtibor qaratdi.
Spektakldagi bosh rolni isteʼdodli aktyor Baxtiyor Najmiddinov talqin etdi. Teatrning Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Hoshimova, Roʻzigul Qandova, Turob Jumayev singari tajribali aktyorlari qatorida Baxtiyor Pirmatov, Dilafroʻz Kenjayeva, Nafisa Saidova kabi isteʼdodli yoshlar ham oʻzlariga topshirilgan rolni qiyomiga yetkazib ijro qilishgan.
Oʻzbekiston xalq artisti Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligi va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlab sahnalashtirilgan asar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring