Qarshida “American Makerspace Qarshi” innovatsion markazi ish boshladi
Qarshi shahrida yosh innovatorlar uchun moʻljallangan zamonaviy texnologik va ijodiy makon — “American Makerspace Qarshi” loyihasi ish boshladi.
Mazkur markaz fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika (STEAM) yoʻnalishlarini yagona muhitda uygʻunlashtirib, yoshlarning texnologik tafakkuri, muhandislik koʻnikmalari hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy bilimlarni hamkorlik asosida oʻzlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Tadbirda AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Henik, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda viloyat va shahar hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari ishtirok etib, ushbu loyihaning bugungi kundagi ahamiyati haqida soʻz yuritishdi, markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring