Qaratereng koʻli boʻyida etnoturistik majmua ochildi
Gʻ.OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Taxtakoʻpir tumanidagi Qaratereng koʻli boʻyida barpo etilgan “Qaratereng” etnoturistik majmuasining ochilishi munosabati bilan Yoshlar festivali oʻtkazildi. Unda respublikamiz yoshlari, madaniyat va sanʼat xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Milliy urf-odatlar va anʼanalarning teatrlashtirilgan kompozitsiyalari, oʻtovlar yonida qardosh xalqlarning kundalik hayotini aks ettiruvchi manzaralar, koʻngilochar dasturlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Yoshlar festivalida bolani beshikka belash, tushov kesar, qiz bazmi, qiz uzatish, betochar (kelin salom) va boshqa milliy udumlar namoyish qilindi. Shuningdek, tegirmon tortish, urchuq yigirish, goʻbida yogʻ chiqarish kabi hayotiy manzaralar, turli xalqlarning milliy taomlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari, koʻl boʻylab yoshlar sayli, ot, tuya minib sayr qilish singari etnomuhit ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
— Yurtimizda barcha xalqlar vakillari doʻst va bir oila farzandlaridek ahil-inoq istiqomat qilib kelmoqda, — deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Mohim Orazmuxammedova. — Bayramlarda turli millatlarning urf-odatlari sahna koʻrinishlarida namoyish etilishi bizga oʻziga xos faxr-iftixor bagʻishlaydi. Bugun “Qaratereng” etnoturistik majmuasining ochilishi munosabati bilan oʻtkazilgan Yoshlar festivalida ham shunga guvoh boʻldik. Koʻl atrofidagi “Boʻrshi” togʻi tepasida darvozlar chiqishi, hunarmandlarning mahsulotlari koʻrgazmasi, rassomlarning atrof-muhitni aks ettirgan asarlari namoyishi barchaga barchaga manzur boʻldi.
Kechki konsert dasturi “Fashion night” turli millat vakillari liboslari koʻrgazmasi va salyutlar shousi bilan davom etdi.









Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring