Qancha oila “temir daftar”dan chiqarilgani ochiqlandi
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yil 1-choragida koronavirus qaytadan tarqalishining oldini olish hamda uning iqtisodiyot va insonlar hayotiga salbiy taʼsirini imkon qadar cheklash boʻyicha “temir daftar”ga kiritilgan 616,1 ming oila, ularning 2,6 mln. nafarga yaqin aʼzolarining 691,4 ming nafari mehnatga layoqatli ishsizlar bandligini taʼminlash orqali 588,5 ming oila “temir daftar”dan chiqarildi.
Shu bilan birga, mazkur daftarga kiritilgan oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida 100 ming nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 34,5 ming nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi, 22,7 ming oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratildi, 399,4 ming nafar fuqaroning oʻzini oʻzi band qilishi, 80,5 ming nafar fuqaro qishloq xoʻjaligida hamda 73,4 ming nafar fuqarolarning boshqa yoʻnalishlarda bandligi taʼminlandi hamda 14,7 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitildi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2022-yilning birinchi choragida bajarilishi toʻgʻrisida”gi hisobotida maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring