“Qamchiq” dovonida ikkita yuk mashinasi toʻqnashib ketdi

“Qamchiq” dovonida ikkita yuk avtomobili toʻqnashib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 30-iyul kuni soat 22:15 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlida harakatlangan “ISUZU” rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimidagi nosozligi tufayli harakatlanib ketayotgan “IVECO” rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashib, yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Shundan soʻng, ushbu holat boʻyicha amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida «Qamchiq« maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomobillariga amaliy yordam koʻrsatilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Xabarda hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻqligi aytildi.
Avvalroq ushbu dovonda “Spark” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring