"Qayta ishlash” bojxona rejimi — keng imkoniyatlar eshigi

Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini yaratish maqsadida, keng koʻlamli ishlar olib borilib, tadbirkorlarga bir qancha qulaylik va yengilliklar yaratilmoqda.
Mazkur qulaylik va qonunchilik yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazish, tadbirkorlarning bu borada huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal qilish maqsadida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar” bojxona postida “Qayta ishlash” bojxona rejimi — keng imkoniyatlari eshigi” mavzuida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasi masʼul xodimlari, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi T.Saidov va boʻlim boshliqlari hamda 20 dan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirok etishdi.
Tahlillarga koʻra, 2022-yilning 7 oyi davomida 112 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 281 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, 260 mln. AQSH dollariga teng qayta ishlangan tayyor mahsulotlar reeksportga yoʻnaltirilgan.
Bu borada Oʻzbekistonda ham mavjud salohiyatdan foydalanib, yuqori koʻrsatkichlarga erishish mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini qoʻllashni soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni tadbirkorlik subyektlariga juda katta qulaylik va vakolatlar beribgina qolmay, tashqi savdo geografiyasi kengaytirish va eksport hajmini yanada oshirishga zamin yaratadi.
Farmon bilan quyidagi yangiliklar joriy etildi:
➖ endilikda tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari roʻyxati qadoqlash, oʻrash, saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish xizmatlari bilan toʻldirildi;
➖ tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlash hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etish talab etilmaydi;
➖ maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlari uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash tartibi qoʻllanilmaydi;
➖ aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta ishlash boʻyicha, kontraktlar sonidan qatʼi nazar, 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga umumiy ruxsatnoma beriladi. Bunda har bir qayta ishlash operatsiyasi (kontrakt) uchun chiqish normasi taqdim etiladi;
➖ tovarlarni qayta ishlovchi vakolatli shaxslar har chorakda Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimi orqali bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya qilinganligi toʻgʻrisida hisobotlarni Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan shaklda taqdim etadilar.
Alohida qayd etish joizki, Farmonda tadbirkorlar uchun yaratilgan bu kabi yengillik va qulayliklar aksariyat mamlakatlarda mavjud emas. Shunday ekan, bu kabi imkoniyatdan unumli foydalana bilish zarur.
Bojxona postida tashkil etilgan uchrashuvning bosh maqsadi ham tadbirkorlarga ushbu qulayliklarni yaqindan yetkazish va bu orqali keng jamoatchilikka tanishtirishni nazarda tutgan edi.
Oʻzaro jonli muloqotlarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atrofilacha javoblar olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring