PSJ klubi mehmonda gʻalabaga erishdi
Kecha, 13-dekabr kuni Fransiya Birinchi divizionida 16-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda PSJ jamoasi safarda “Mets” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuvda hisob 31-daqiqada Gonsalo Ramos tomonidan ochildi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, Kventin Njanto hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. 42-daqiqada “Mets” klubi hisobni qisqartirdi. Golga Jessi Deminge mualliflik qildi.
Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida Dezire Duye hisobni 1:3 koʻrinishiga keltirdi. Qayd etish kerakki, PSJning ikkinchi va uchinchi gollariga jamoaning senegallik 17 yoshli futbolchisi Ibrohim Mbaye assistentlik qildi.
81-daqiqada “Mets” klubi hisobni 2:3 koʻrinishiga keltirdi. Golga Georgiy Sitashvili mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin 2:3 hisobida PSJ klubining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring