PSJ futbolchisiga nisbatan jiddiy ayblov qoʻyilmoqda
Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi himoyachisi, 29 yoshli Lukas Ernandes hamda uning rafiqasi Viktoriya Triay odam savdosi va noqonuniy mehnatdan foydalanganlikda ayblanmoqda. “Paris Match” nashri xabar berishicha, daʼvo Versal prokuraturasiga kolumbiyalik oila tomonidan kiritilgan.
Shikoyatga koʻra, juftlik ikki nafar katta yoshli farzandi va ayolning onasi bilan birga 2024-yil sentyabridan 2025-yil noyabrigacha Ernandeslar oilasida qonuniy mehnat shartlarisiz, ortiqcha ish soatlarida ishlashga majbur boʻlgan. Ularning faoliyati rasmiy mehnat shartnomalari bilan rasmiylashtirilmagani taʼkidlanmoqda.
Manbaning qayd etishicha, guvohliklarda kolumbiyalik ayol oʻzlariga nisbatan munosabatni keskin tanqid qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, oila ularga kam haq toʻlagan, tahqirlagan va muhojirlarga huquqiy maqom berilishini vaʼda qilib, amalda bajarmagan.
Daʼvogarlarning advokati Lola Dyubua Lukas Ernandes kolumbiyalik oilani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir ahvolda saqlab kelganini, ayrim holatlarda esa bu munosabat zamonaviy qullikka yaqin boʻlganini bildirgan.
Nashr maʼlumotlarida keltirilishicha, Lukas Ernandes va uning rafiqasi qoʻyilayotgan ayblovlardan hayratda qolgan va oʻzlariga nisbatan bildirilgan daʼvolarni rad etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring