Prezidentning xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlatlararo shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomani tasdiqlash qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qaror 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomasini tasdiqladi. Bayonnoma 2024-yil 18-oktyabrda Moskva shahrida imzolangan.
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati oʻrtasidagi readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan edi.
Taʼkidlash joiz, readmissiya bir davlat hududida noqonuniy boʻlib turgan yoki kirgan shaxsni oʻz mamlakatiga qaytarish boʻyicha ikki yoki koʻp tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladigan rasmiy jarayondir.
Bunda ham Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi va Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlashi belgilab qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring