Prezidentlar Xivani ziyorat qildi
Foto: president.uz
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Ichan qalʼadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Maʼlumki, Ichan qalʼa faqat yodgorlik emas, balki “tirik” shahardir. Bu yerda 120 dan ziyod meʼmoriy obidalar bor va hozirgacha qadimiy uylarda aholi yashaydi. Uning “ochiq osmon ostidagi muzey” deb atalishi shundan.
Xiva shahri 1990-yil 12-dekabrda YUNESKO Madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan. 1997-yilda shaharning 2500-yillik yubileyi nishonlangan. 2020-yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti, deb eʼlon qilingan.
Davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Koʻk minora, Koʻhna ark saroyi, Toshhovlini tomosha qildi. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Juma masjidida Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
Xorazmning tarixi, ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi haqidagi maʼlumotlar, boy madaniyati va sanʼati mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.
Shu bilan Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring