Prezidentga yangi maslahatchilar tayinlandi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan quyidagi tayinlovlar amalga oshirilgan:
• Ravshan Ayubovich Gulyamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
• Obid Arzikulovich Xakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;
• Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar boʻyicha vakili lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring