Prezident Juzimbagʻda uzumchilik bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Juzimbagʻ mahallasida boʻldi.
Bu yerda 4 ming 300 nafarga yaqin aholi yashaydi. Uchta maktab, oltita bogʻcha, yetmishdan ortiq tadbirkorlik subyektida aholi doimiy ish bilan band.
Chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan bu hududda 990 ta xonadonning tomorqasi bor. Sayxunobod tajribasi asosida mahalliy imkoniyatlar ishga solinmoqda. Xususan, dehqonchilik uchun 174 nafar fuqaroga 128 gektardan ortiq yer uzoq muddatga ajratilgan. Ular dehqonchilik qilib, roʻzgʻor uchun qoʻshimcha daromad qilmoqda. Issiqxona tashkil etib, yiliga ikki marta hosil olishni yoʻlga qoʻyayotgan oilalar soni koʻpaymoqda.
Mahallada “Orol Agro” korxonasi tomonidan “Yoshlar uzum bogʻi” tashkil etilgan. Unda 40 kishiga oʻrtacha 25 sotixdan yer ajratib berilgan.
Voish usulida parvarish qilinayotgan bu tokzorning qator oralaridan ham omilkorlik bilan foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar yetishtirilib, 400 tonnagacha mahsulot olinmoqda. Toklar toʻliq hosilga kirishi bilan yiliga qiymati 4 milliard soʻmlik 200 tonnaga yaqin mahsulot olinishi koʻzda tutilgan.
Davlatimiz rahbari shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.
Ular soʻnggi yillardagi imkoniyatlardan foydalanib, dehqonchilik uchun yer olgani, poliz ekinlari va koʻkatlar yetishtirib, daromad topayotganini aytdi. Reja va niyatlari haqida gapirdi.
Prezident yoshlarning takliflari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning toʻylari va shartnoma toʻlovlariga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring