Prezident vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalar qoʻydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Urgut misolida imkoniyatlarni tahlil qilib, vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalar qoʻydi. Urgutda barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, kelasi yil kambagʻallik va ishsizlikni 2 foizdan tushirishi kerakligi taʼkidlandi.
Urgutda 1,5 mingta sanoat korxonasi boʻlsada, ayrimlari faoliyat koʻrsatmayapti, ishlayotganlari ham mavjud quvvatidan toʻliq foydalanmayapti.
Mutasaddilarga “Urgut” iqtisodiy zonasiga kiruvchi 14 ta tuman hokimi bilan ishni toʻgʻri tashkil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini 20-30 foizga qisqartirish topshirildi.
Masalan, yangi temir yoʻl liniyasi hisobiga Urgut va Toyloqdagi 1 ming 200 ta sanoat korxonasining tashish xarajatlari arzonlashib, tannarx 6-8 foizga qisqaradi.
Agar temir yoʻl boʻylab 3 ta zamonaviy logistika markazi qurilsa, Urgut, Toyloq, Jomboy, Bulungʻur va Samarqand tumanidagi 2 mingga yaqin sanoat korxonalarining tashish xarajatlari yana 10-15 foizga arzonlashishi koʻrsatib oʻtildi.
“Urgut” sanoat zonasiga kooperatsiya olib kirib, mahsulotlarni “ehtiyot qismlar – tayyor mahsulot” zanjiri asosida ishlab chiqarish orqali tannarxni 5 foizdan 15 foizgacha kamaytirish mumkin.
Raqamlashtirish hamda sunʼiy intellektni joriy qilish orqali ham ishlab chiqarish samaradorligi 20 foizga oshadi, operatsion xarajatlar 20-25 foizga kamayadi.
Mutasaddilarga tuman sanoatining 70 foizini beradigan 43 ta korxonaga shu ishlarni qanday tashkil qilishni oʻrgatish topshirildi.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasini 287 gektari adirda joylashgani uchun infratuzilma olib borish 2-3 karra qimmatlashmoqda.
Agar bu yerlar qulay hududlarga almashtirib berilsa, investorlar 560 million dollarlik 80 ta loyihani amalga oshirishga tayyor.
Masʼullarga yil yakunigacha sanoat zonalaridagi boʻsh yerlarni tahlil qilib, samarasiz hududlarni boshqasiga almashtirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring