Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida oʻtgan “Markaziy Osiyo – Rossiya“ formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston yetakchisi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va koʻp tomonlama sheriklik natijadorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring