Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

16:17 09 Noyabr 2025 Siyosat
481 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimi va farmatsevtikani rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli taʼminlash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, oʻzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan diagnostika va davolash amaliyotida zamonaviy, yuksak texnologik usullarni keng qoʻllash, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdinazarova Karamat — Paxtakor tumanidagi “Mingchinor” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Jizzax viloyati

Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich — Respublika perinatal markazining chaqaloqlar neonatal xirurgiyasi boʻlimi mudiri

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Ziyayev Maxammat Mamirovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshloq tumani boʻlimi haydovchisi, Fargʻona viloyati

Irgashev Shuxrat Boisovich — Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi preventiv tibbiyot – valeologiya asoslari kafedrasi professori

Yaqubova Rano Abdullayevna — Tuproqqalʼa tumanidagi “Shixlar” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Xorazm viloyati

 

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universitetining oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori

Kabulov Mels — Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutining xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Abdusalamova Kimiyo Kushanovna — Koʻkdala tumanidagi “Guliston” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati

Akbarov Murat Turgunovich — Namangan viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi mudiri

Aliyeva Marxaboxon Nosirovna - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi mudiri, Fargʻona viloyati

Gaffarov Isokul Sayitkulovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Payariq tumani boʻlimi “Chelak” punkti haydovchisi, Samarqand viloyati

Djabbarova Dodar Raximovna — Yashnobod tumanidagi “Lor mama” xususiy klinikasi bosh shifokori, Toshkent shahri

Yerimbetova Indira Oralbayevna — Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya boʻlimi mudiri

Isaqova Barnoxon Anvarovna — Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi pediatri, Andijon viloyati

Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Raximov Baxodir Baxranovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Xatirchi tumani boʻlimi haydovchisi, Navoiy viloyati

Suyarova Zebo Isroilovna — Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati

 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Gulamova Risolat Sadikovna — Sayxunobod tumanidagi 21-oilaviy poliklinikasi patronaj doyasi, Sirdaryo viloyati

Nazarov Abdukayum Abduxalilovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Yangi Namangan tumani boʻlimi feldsheri, Namangan viloyati

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Aliyeva Jamila Azadovna — Xiva shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokor-onkoginekologi, Xorazm viloyati

Alimdjanov Nusratdjan Amildjanovich — Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endokrin xirurgiya boʻlimi mudiri

Altibayev Uygʻun Uchkunovich — Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya boʻlimi mudiri

Axmadjonov Orifjon Neʼmatjonovich — Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi mudiri

Baxadirxanov Muxamedzarif Muxamed Kabirovich — Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining operatsiya boʻlimi mudiri

Djumayeva Mexriniso Abdulxamidovna — Qumqoʻrgʻon tumanlararo perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi mudiri, Surxondaryo viloyati

Djumaniyazov Djavoxir Azatbayevich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya boʻlimi mudiri

Yesenbayev Puxarbay Qazakbayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Qonlikoʻl tumani boʻlimi avtokorxonasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Imomberdiyeva Rajabbuvi Biyjanovna — Chirchiq shahridagi “Dilchehra” xususiy klinikasi rahbari, Toshkent viloyati

Qurbonov Doniyor Oltinovich — Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi mudiri, Buxoro viloyati

Qurbonov Hoshim Narzimuradovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Baxmal tumani boʻlimi haydovchisi, Jizzax viloyati

Mavlonova Extibor Shukrulloyevna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Zarafshon shahar boʻlimi shifokori, Navoiy viloyati

Madreymova Gulparshin Imamaddinovna — Taxtakoʻpir tumanidagi “A.Adilov” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Maxkamov Maxkamjon Kozimovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qon tomir neyroxirurgiyasi boʻlimi mudiri

Ochilov Anvar Samarovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi mudiri

Reshetnyak Marina Yuryevna — Yakkasaroy tumanidagi 58-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent shahri

Rustamov Baxt Yerashimovich — “Ezgu niyat” koʻp tarmoqli tibbiyot markazining yurak-qon tomir jarrohi, Toshkent shahri

Sattarova Gulnara Alobidinovna — Fargʻona viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining proktologiya boʻlimi jarrohi

Safarov Sunnatulla Satorovich — Ishtixon tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati

Toʻlakov Ravshan Panjiyevich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filiali direktori

Umurzakov Kosimjon Xolmirzayevich — Andijon shahridagi “Great Medical” masʼuliyati cheklangan jamiyati shifokori, Andijon viloyati

Hotamov Bahodir Ravshanovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Gʻijduvon tumani boʻlimi “Ogʻitma” punkti haydovchisi, Buxoro viloyati

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abas-zada Nigina Jahangir qizi — UNFPA tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakili

Avazov Komiljon Jurayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Shahrisabz tumani boʻlimi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati

Atajanova Raʼno Shadibayevna — Mirzachoʻl tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati

Varfolomeyeva Tatyana Aleksandrovna — U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasi boʻlim mudiri

Jaybergenova Gulnara Muratbayevna — Qoraoʻzak tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi neonatologi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Korneliya Beker - Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi sogʻliqni saqlash dasturi direktori

Obeyd Mustafa — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardioxirurgiya boʻlimi mudiri

Rexina Mariya Kastillo Rodriges — YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

Sankaves Dmitriy — Belarus Respublikasi “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazining bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi

Suxova Lyudmila Vyacheslavovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Boʻstonliq tumani boʻlimi katta feldsheri, Toshkent viloyati

Turdaliyeva Dilfuza Mamadaliyevna — Pop tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Namangan viloyati

Xalak-Dina Ashina — Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari

Yusupov Sulaymonqul Ibragimovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Avazova Muqaddas Binoyevna — Angor tumanidagi “Q.Tulakov” oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati

Jumanov Zoir Yuldashovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Gurlan tumani boʻlimi haydovchisi, Xorazm viloyati

Jurayeva Sadoqat Uktamovna — Navoiy shahridagi “Logo Effect Sadoqat” imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan xususiy muassasasi rahbari, Navoiy viloyati

Kambarova Sanobar Kurbonboyevna — Sardoba tumanidagi 26-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Sirdaryo viloyati

Kamolova Xulkarxon Sadriddinovna — Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 61-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Namangan viloyati

Karimov Komil Olimjonovich — Parkent tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

Kurbonova Radxa Raxmatullayevna — Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi mudiri

Kuchkarova Munira Kaxramanovna — Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktorining oʻrinbosari

Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna — Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy laboratoriyasi mudiri

Marimova Erkinoy Koziyevna - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining chaqaloqlar boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Mexmonaliyeva Nodira Tolibovna — Dangʻara tumanidagi 31-oilaviy poliklinikasi mudiri, Fargʻona viloyati

Polvanova Adolat Otaboyevna — Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi katta hamshirasi, Xorazm viloyati

Rajabova Mamlakat Ikromovna — Romitan tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Buxoro viloyati

Tashbayev Nuriddin Sarayevich — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining strategik rejalashtirish, axborot-tahlil va ijro intizomi boʻlimi boshligʻi

Umarov Baxrom Yaminovich — Andijon viloyati ftiziatriya klinik shifoxonasining davolash boʻlimi ftiziatri

Fozilbekov Ruzikul Anarkulovich — Toshkent shahridagi “Akfa medline” klinikasining ginekologiya boʻlimi mudiri

Yuldasheva Gulnora Djasurovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Jizzax viloyati filiali shifokori

Yusupov Saminjon Absattarovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Quyi Chirchiq tumani boʻlimi haydovchisi, Toshkent viloyati

Yaxshilikova Feruza Nuridinovna — Bulungʻur tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Samarqand viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Axmadiyev Edvard Erikovich — Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusher-ginekologi

Olimjonov Kamoliddin Alisher oʻgʻli — Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining transplantatsiya boʻlimi shifokor-gematologi

Rajabov Doniyorbek Baxtiyor oʻgʻli — Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining lor shifokori

 

“Shuhrat” medali bilan

Ashirova Muxabbat Xolmatovna — Respublika tez tibbiy yordam markazining Yunusobod tumani boʻlimi shifokori, Toshkent shahri

Ashurov Abdugʻafor Gʻulomovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Chust tumani boʻlimi “Axcha” punkti haydovchisi, Namangan viloyati

Jabborova Dilshoda Rabimovna — Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi xoʻjalik bekasi, Navoiy viloyati

Ibragimov Nasridinbek Rasulovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Andijon viloyati filiali haydovchisi

Kazakov Ruzimurot Elomonovich — Koson tumanidagi “Andabozor” oilaviy shifokorlik punkti oʻrta tibbiyot xodimi, Qashqadaryo viloyati

Kurbanova Mavluda Razikovna — “Buxoro dori-darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 1-markaziy dorixonasi boʻlim boshligʻi, Buxoro viloyati

Maxmudov Abrorxon Saidmusayevich — Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi mudiri

Mirzaidov Umid Mirkomil oʻgʻli — “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisining guruh rahbari

Samadov Furkatjon Nosibjanovich — Bolalar milliy tibbiyot markazining nevrologiya boʻlimi shifokor-nevrologi

Safarov Ahror Zuvaydillo oʻgʻli — Milliy tibbiyot markazining transplantologiya va angioxirurgiya boʻlimi mudiri

Sultanov Alijon Tursunbayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent shahar filiali haydovchisi

Tashmamatov Sherzod Xolmamatovich — Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya-gemodializ boʻlimi shifokori, Sirdaryo viloyati

Temirova Sevara Orifjon qizi — Qoʻshrabot tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj doyasi, Samarqand viloyati

Toshboyev Xusniddin Numonjonovich — Fargʻona tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati

Turayev Bobur Batir oʻgʻli — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar koʻp tarmoqli klinikasi kardioxirurgiya boʻlimi kardiojarrohi

Tursunkulov Ilxomjon Kamalovich — Milliy tibbiyot markazining intervension aritmologiya boʻlimi mudiri

Xusanbayev Xasanjon Shavkatovich — Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining operatsiya boʻlimi oftalmologi

Elamanov Kenja Gulbayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Uzun tumani boʻlimi haydovchisi, Surxondaryo viloyati

Esonov Aziz Raximberdiyevich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi mudiri

Yuldasheva Mufazzalxon Shokirovna — Xoʻjaobod tumanidagi “Toʻraobod” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?