Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasi vakillari bilan muloqot qildi
Davlatimiz rahbari ularning takliflari, fikr-mulohazalarini tingladi.
«Men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman.
Bundan buyon ham shifokorning, har bir tibbiyot xodimining obroʻsini himoya qilish, unga har tomonlama munosib sharoit yaratish eʼtiborimiz markazida boʻladi.
Ishonchim komil, biz birgalikda Yangi Oʻzbekistonni boshqa sohalar qatorida tibbiyoti ham rivojlangan davlatga aylantiramiz.
Barchangizga shu yoʻlda sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, gʻoyat masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tilayman», – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring