Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrif doirasida AQSHning “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQSHning eng yirik moliyaviy korporatsiyasi – “Citigroup” raisi Jon Duganni qabul qildi.
“Citigroup” bank, investitsiya va moliya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan. Uning bozor kapitallashuvi 100 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi, kompaniya umumiy qiymati 2,3 trillion AQSH dollaridan ziyod boʻlgan aktivlarni boshqaradi.
Uchrashuvda korporatsiya bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Citigroup” koʻmagida Oʻzbekiston banklari va davlat korxonalarining obligatsiyalari xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirildi. Toshkentda kompaniyaning ofisi ochildi.
Yirik davlat korxonalari boʻyicha IPO bitimlarini tayyorlash va tuzish, yevroobligatsiyalar chiqarish, mamlakat reytingini oshirishni taʼminlash uchun maslahat yordamini koʻrsatish, shuningdek, moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish va savdoni moliyalashtirishning yangi vositalarini ishga tushirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Korporatsiya bilan oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi“ni qabul qilishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring