Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH savdo vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Amerika Qoʻshma Shtatlari savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokara oʻtkazdi.
Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Koʻp qirrali Oʻzbekiston – AQSH munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar koʻpayib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Oʻzbekistonda AQSHning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Savdo aloqalarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash taʼsis etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. AQSHdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilgʻor tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha dastlabki shartnomalar tuzilgan.
Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring