Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq soʻzlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQSHning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring