Prezident Mirziyoyev Xitoydagi suv toshqinlari munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

14:34 02 Avgust 2025 Siyosat
300 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Pekin shahri va Xebey muzofotida sodir boʻlgan kuchli suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani, jarohat olgani va katta moddiy zarar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari oʻz murojaatida favqulodda tabiiy ofat oqibatida vafot etganlarining yaqinlari va oila aʼzolariga tasalli soʻzlarini yoʻllab, jabrlanganlarga tez orada shifo topishini tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?